Tashlab ketish va kontentga oʻtish
  • Bosh sahifa
  • Ilovalar
    • ChaqiruvXabarlashuvGuruhlarStatusKanallarMeta AIXavfsizlik
  • Maxfiylik
  • Yordam markazi
  • Blog
  • Biznes uchun
Yuklab olish
Shartlar va maxfiylik siyosati2025 © WhatsApp LLC
WhatsApp bosh sahifasiWhatsApp bosh sahifasi
    • Chaqiruv

      Ovoz va video bilan aloqada qoling.

    • Xabarlashuv

      Soʻzlaringizni stiker, ovoz, GIF va boshqa narsalar bilan ifoda eting.

    • Guruhlar

      Guruhlarda ulanishingiz kerak boʻlgan xabar almashinuv funksiyalari.

    • Kanallar

      Sizga muhim mavzulardan xabardor boʻling.

    • Meta AI

      WhatsApp orqali barcha xavfsizlik va maxfiylik masalalari boʻyicha yordam oling.

    • Status

      Kundalik hayotingizni suratlar, videolar va ovozli qaydlar bilan ulashing.

    • Xavfsizlik

      Xavfsiz qolishingizga yordam beradigan himoya qatlamlari.

  • Maxfiylik
  • Yordam markazi
  • Blog
  • Biznes uchun
  • Ilovalar
KirishYuklab olish

Koronavirus (COVID-19) pandemiyasi davrida aloqada qolish uchun WhatsApp qanday yordam beradi

Tibbiyot xodimlari

Noaniqlik va yakkalanish kuchaygan bu davrda bemorlaringiz va hamkasblaringiz bilan WhatsAppda – ular tanishlari va oilasi bilan yaqin boʻlishda foydalanadigan ayni vosita orqali aloqada qoling.

Mijozlar bilan aloqaga chiqishda WhatsAppdan masʼuliyat bilan foydalaning. Faqat siz taniydigan foydalanuvchilar va sizdan xabar olishni istaganlar bilan muloqot qiling, mijozlardan telefon raqamingizni manzillar kitobida saqlashlarini soʻrang hamda avtomatlashtirilgan yoki promoaksiya xabarlarini guruhlarga yuborishdan saqlaning. Bu oddiy eng yaxshi amaliyotlarga rioya qilmaslik boshqa foydalanuvchilarning shikoyatiga va hisobning ehtimoliy bloklanishiga olib kelishi mumkin.

Bir nechta savollarni yaxshi boshqarish, ish soatlari kabi foydali axborotlarni berish va tez-tez foydalaniladigan javoblarni saqlash uchun yuklab olish bepul WhatsApp Business ilovasidan foydalanishni maslahat beramiz. WhatsApp Business ilovasidan qanday foydalanish haqidabu yerda bilib oling. Hisobingizni WhatsApp Messengerdan WhatsApp Business ilovasiga koʻchirishni istasangiz, bu yerga bosing.

Telefoningiz uchun yuklab oling

ANDROIDIPHONE

Bemorlaringiz bilan aloqada qoling

Agar sizda bemorlarning telefon raqamlari boʻlmasa, bemorlar WhatsApp orqali shaxsiy suhbatni boshlashi uchun qisqa havola yarating. Havolani email, Facebook sahifangiz yoki boshqa har qanday ommaviy boʻlmagan manba orqali ulashing.

Foydali tavsiyalarni taqdim eting

Maxsus salomlashuv xabarlarini sozlang, shunda bemorlar siz bilan aloqaga chiqishganda darhol axborot va manbalarga ega boʻlishadi.

Aniq va oʻz vaqtidagi axborotlarni ulashing

Bitta shaxsiy xabarni bir vaqtda bir nechta kontaktga yuborish uchun tarqatma roʻyxatidan foydalaning. Sizni telefonining kontaktlariga kiritgan kontaktlargina tarqatma xabaringizni qabul qiladi.

Masofaviy konferensiyalarni tashkil qiling

Shaxsan aloqaga chiqish qiyin boʻlgan bemorlar yoki hamkasblar bilan ulanish uchun shifrlangan video va ovozli chaqiruvdan foydalaning.*

Umumiy savollarga tezda javob bering

Bemorlarning savollariga tezkor javob berish uchun ularni saqlab oling va qayta ishlating.

Hamjamiyatingizni xabardor qiling va oʻrgating

Statusdan foydalanib, matn, surat va videoni post qilishingiz mumkin. Gigiyena boʻyicha eng yaxshi odatlar va virus tarqalishini sekinlashtirishning boshqa usullari haqida maslahatlarni ulashing.

Joriy ish soatlarini ulashing

Bemorlaringizga qachon boʻsh ekaningiz haqida bildiring, ayniqsa, mahalliy vaziyatga binoan ish soatingizni oʻzgartirsangiz.

Javob berish vaqtlari uchun kutishlarni sozlang

Ayniqsa, band boʻlganingizda, bemorlar avtomatik tarzda joyida emas degan xabar orqali sizdan javob oladilar.

Tibbiy jamoangiz bilan aloqada qoling

Pandemiya bilan aloqador oxirgi yangiliklarni ulashish uchun guruhlar va guruhli video chaqiruvlardan foydalaning.

*Har bir WhatsApp foydalanuvchisi WhatsAppdan har qanday maqsadda foydalanishda amaldagi qonunlarga, jumladan, salomatlikka oid axborotlarning maxfiyligi va xavfsizlikka oid qonunlarga muvofiqligini taʼminlash uchun javobgardir. WhatsApp salomatlik xizmatlarini tashkillashtirmaydi yoki taqdim etmaydi va siz WhatsAppning salomatlik faoliyatingizga aloqadorligini tasdiqlay olmaysiz. WhatsApp bemorlar bilan shaxsiy tibbiy maslahatlashuvlar yoki tezkor tibbiy yordamga muhtoj boʻlgan sharoitlarda davolashning oʻrnini bosmaydi va undan tartibga solinadigan tibbiy qurilma sifatida foydalanmaslik kerak.

WhatsApp Koronavirus axborot markaziga aloqador savollaringiz boʻlsa, bizga murojaat qiling.

Yuklab olish
WhatsApp bosh logotipi
WhatsApp bosh logotipi
Yuklab olish
Biz nima bilan shugʻullanamiz
FunksiyalarBlogXavfsizlikBiznes uchun
Biz kimmiz
Biz haqimizdaVakansiyaBrendlar markaziMaxfiylik
WhatsApp ishlatish
AndroidiPhoneMac/kompyuterWhatsApp Web
Yordam kerakmi?
Biz bilan aloqaYordam markaziYuklab olishXavfsizlik yuzasidan maslahatlar
Yuklab olish

2025 © WhatsApp LLC

Shartlar va Maxfiylik siyosatiSayt xaritasi