Tashlab ketish va kontentga oʻtish
  • Bosh sahifa
    • Maxfiy xabar yozingAloqada qolingGuruhlarga ulanishOʻzingizni ifoda etingBiznes uchun WhatsApp
  • Maxfiylik
  • Yordam markazi
  • Blog
  • Biznes uchun
  • Yuklab olish
Yuklab olish
Shartlar va maxfiylik siyosati2025 © WhatsApp LLC
WhatsApp bosh sahifasiWhatsApp bosh sahifasi
    • Maxfiy xabar yozing

      Boshidan oxirigacha shifrlash va maxfiylik nazorati.

    • Aloqada qoling

      Dunyo boʻylab bepul* xabar yozing va chaqiruv qiling.

    • Guruhlarga ulanish

      Guruh xabarlashuvi osonlashdi.

    • Oʻzingizni ifoda eting

      Soʻzlaringizni stiker, ovoz, GIF va boshqa narsalar bilan ifoda eting.

    • WhatsApp Business

      Istalgan joydagi mijozlaringiz bilan bogʻlaning.

  • Maxfiylik
  • Yordam markazi
  • Blog
  • Biznes uchun
  • Ilovalar
KirishYuklab olish

Koronavirus (COVID-19) pandemiyasi davrida aloqada qolish uchun WhatsApp qanday yordam beradi

Mahalliy kompaniyalar

Siz xizmat qilayotgan hamjamiyatlarning aʼzolari sifatida, ushbu noaniqlik va yakkalanish kuchayib borayotgan bu davrda biznesingizni boshqarish odatdagidan koʻra qiyinroq boʻlishi mumkin. Mijozlaringiz bilan WhatsApp orqali – ular oʻz tanishlari va oilasi bilan yaqin boʻlishda foydalanadigan ayni vosita orqali aloqada qoling.

Mijozlar bilan aloqaga chiqishda WhatsAppdan masʼuliyat bilan foydalaning. Faqat siz taniydigan foydalanuvchilar va sizdan xabar olishni istaganlar bilan muloqot qiling, mijozlardan telefon raqamingizni manzillar kitobiga saqlashini soʻrang hamda avtomatlashtirilgan yoki promoaksiya xabarlarini guruhlarga yuborishdan saqlaning. Bu oddiy, lekin eng yaxshi amaliyotlarga rioya qilmaslik boshqa foydalanuvchilarning shikoyatiga va hisobning ehtimoliy bloklanishiga olib kelishi mumkin.

Bir nechta savolni yaxshi boshqarish, biznes profilingizda foydali axborotlarni berish va katalogdagi xizmatlaringiz haqidagi tafsilotlarni ulashish uchun yuklab olish bepul WhatsApp Business ilovasidan foydalanishni maslahat beramiz. WhatsApp Business ilovasidan qanday foydalanish haqida bu yerda bilib oling. Hisobingizni WhatsApp Messenger’dan WhatsApp Business ilovasiga koʻchirishni istasangiz, bu yerga bosing.

Telefoningiz uchun yuklab oling

ANDROIDIPHONE

Mijozlaringiz bilan aloqada qoling

Mijozlaringiz siz bilan shaxsiy WhatsApp suhbat qurishi uchun qisqa havola yarating. Havolani email, veb-saytingiz, Facebook sahifangiz yoki boshqa tez-tez foydalaniladigan har qanday kanallar orqali ulashing.

Joriy ish soatlarini ulashing

Mijozlaringiz ish soatlaringizdagi har qanday oʻzgarishlardan xabardor ekaniga ishonch hosil qiling. Kompaniyangiz ochiq boʻladigan kun va vaqtni koʻrsatish uchun biznes profilidan foydalaning.

Mahsulot mavjudligi haqida doimiy yangilanishlarni taqdim eting

Mavjud narsalarni mijozlaringizga real vaqtda ulashing. Mijozlaringiz bilan aloqada qolish uchun guruhlardan foydalaning va xaridorlar doʻkonda nima borligini bilishlari uchun katalogni yangilang.

Masofaviy maslahatlar tashkil qiling

Mijozlar bilan aloqada qolish va ular bilan shaxsan muloqot qilish uchun shifrlangan video va ovozli chaqiruvdan foydalaning.

Olib ketish va yetkazib berishlarni yanada samaraliroq qiling

Yoʻl harakati va doʻkonga tashriflar sekinlashgani sababli olib ketish va yetkazib berishlar soni oshishi mumkin. Yetkazib berish manziliga yaqinlashganda WhatsApp ilovasida jonli joylashuv funksiyasini yoqing. Mazkur funksiya mijozlarga joylashuvingizni ulashadi hamda tez va oddiy almashinuvni taʼminlaydi.

Mijozlarni doʻkoningizga olib kiring

Xaridorlar har safar doʻkoningizga kirganda ularni mamnun qilishga odatlanganmisiz? Ularga statusni yangilash orqali virtual tanishtiruv taklif eting.

Xodimlaringiz bilan aloqada qoling

Masofadan hamkorlik qilish uchun guruhlar va guruhli video chaqiruvlardan foydalaning.

WhatsApp Koronavirus axborot markaziga aloqador savollaringiz boʻlsa, bizga murojaat qiling.

Yuklab olish
WhatsApp bosh logotipi
WhatsApp bosh logotipi
Yuklab olish
Biz nima bilan shugʻullanamiz
FunksiyalarBlogXavfsizlikBiznes uchun
Biz kimmiz
Biz haqimizdaVakansiyaBrendlar markaziMaxfiylik
WhatsApp ishlatish
AndroidiPhoneMac/kompyuterWhatsApp Web
Yordam kerakmi?
Biz bilan aloqaYordam markaziYuklab olishXavfsizlik yuzasidan maslahatlar
Yuklab olish

2025 © WhatsApp LLC

Shartlar va Maxfiylik siyosati
Sayt xaritasi