WhatsApp bosh sahifasiWhatsApp bosh sahifasiWhatsApp xavfsizligi
WHATSAPP WEB
XUSUSIYATLARI
YUKLAB OLISH
XAVFSIZLIK
YORDAM MARKAZI

Tilingizni tanlang

  • azərbaycan

  • Afrikaans

  • Bahasa Indonesia

  • Melayu

  • català

  • čeština

  • dansk

  • Deutsch

  • eesti

  • English

  • español

  • français

  • Gaeilge

  • hrvatski

  • italiano

  • Kiswahili

  • latviešu

  • lietuvių

  • magyar

  • Nederlands

  • norsk bokmål

  • o‘zbek

  • Filipino

  • polski

  • Português (Brasil)

  • Português (Portugal)

  • română

  • shqip

  • slovenčina

  • slovenščina

  • suomi

  • svenska

  • Tiếng Việt

  • Türkçe

  • Ελληνικά

  • български

  • қазақ тілі

  • македонски

  • русский

  • српски

  • українська

  • עברית

  • العربية

  • فارسی

  • اردو

  • বাংলা

  • हिन्दी

  • ગુજરાતી

  • ಕನ್ನಡ

  • मराठी

  • ਪੰਜਾਬੀ

  • தமிழ்

  • తెలుగు

  • മലയാളം

  • ไทย

  • 简体中文

  • 繁體中文(台灣)

  • 繁體中文(香港)

  • 日本語

  • 한국어

  • Yuklab olish

  • Xususiyatlari

  • Xavfsizlik

  • Yordam markazi

  • Kontaktlar

WhatsApp xavfsizligi

Maxfiylik va xavfsizlik butun tanamizda

Ilk kundan boshlab biz WhatsApp ilovasini tanishlar bilan muloqot qilish, tabiiy ofatlar paytida muhim ma’lumotlarni ulashish, ajralgan oilalar bilan qayta bogʻlanish yoki yaxshiroq hayotni izlashga yordam berish uchun yaratdik. Eng shaxsiy lahzalaringizning ayrimlari WhatsApp orqali ulashiladi. Shuning uchun ilovamizga boshidan oxirigacha shifrlash texnologiyasini joriy qildik. Boshidan oxirigacha shifrlanganida, xabarlar, rasmlar, videolar, ovozli xabarlar, hujjatlar va chaqiruvlaringiz begona qo‘llarga tushib qolishidan himoyalanadi.

Shaxsiy xabar almashish

WhatsApp Messenger orqali boshqa shaxsga xabar yozganingizda, WhatsApp kompaniyasining boshidan oxirigacha shifrlash texnologiyasidan foydalaniladi. WhatsApp ilovasining boshidan oxirigacha shifrlash funksiyasi xabarda nima yuborilganini faqat siz va siz muloqot qilayotgan inson o‘qiy yoki tinglay olishingizni hamda boshqa hech kim, hatto WhatsApp ham ularni oʻqiy yoki tinglay olmasligini ta’minlaydi. Chunki boshidan oxirigacha shifrlash bilan xabarlaringiz qulf bilan himoyalangan bo‘ladi va ularning qulfini ochish va o‘qish uchun faqat qabul qiluvchi va sizda maxsus kalit bo‘ladi. Bularning barchasi avtomatik ravishda yuz beradi: sozlamalarda yoqish yoki maxsus maxfiy chatlar yaratishning hojati yo‘q.

Biznes bilan xabar almashish

Har bir WhatsApp xabari qurilmangizni tark etishidan avval xabarlarni himoyalaydigan Signal shifrlash protokoli bilan bir xil protokol orqali himoyalanadi. WhatsApp biznes hisobiga xabar yozganingizda, xabarlaringiz kompaniya tanlagan manzilga xavfsiz yetkaziladi.

WhatsApp kompaniyasi WhatsApp Business ilovasidan foydalanadigan yoki mijozlarning xabarlarini o‘zlari boshqaradigan va saqlaydigan kompaniyalar bilan chatlar boshidan oxirigacha shifrlanishini taʼminlaydi. Xabar qabul qilingach, u kompaniyaning oʻz maxfiylik amaliyotlari bilan tartibga solinadi. Kompaniya xabarlarni qayta ishlash va ularga javob berish uchun bir nechta xodimini yoki hatto boshqa vositachilarni ham jalb qilishi mumkin.

Ayrim kompaniyalar1 xabarlarni xavfsiz saqlash va mijozlarga javob berish uchun WhatsApp bosh kompaniyasi – Meta kompaniyasini tanlashi mumkin. Kompaniyaning maxfiylik siyosati tafsilotlari uchun har doim ushbu kompaniyaga murojaat qilishingiz mumkin.

Toʻlovlar

Muayyan mamlakatlarda ishlaydigan WhatsApp ilovasidagi toʻlovlar moliyaviy institutlarda hisoblar oʻrtasida oʻtkazmalarni amalga oshirish imkonini beradi. Karta va bank raqamlari shifrlangan holatda hamda yuqori darajada himoyalangan tarmoqda saqlanadi. Lekin, moliyaviy institutlar ushbu toʻlovlarga aloqador axborotlarni olmasdan oʻtkazmalarni qayta ishlay olmasligi sababli ushbu toʻlovlar boshidan oxirigacha shifrlanmaydi.

Tanlov oʻz qoʻlingizda

WhatsApp xabarlaringiz bilan nima yuz berayotganini bilishingizni xohlaydi. Agar biror shaxs yoki kompaniyadan xabarlar olishni xohlamasangiz, har doim uni chatdan bloklashingiz yoki uni kontaktlaringiz roʻyxatidan oʻchirib tashlashingiz mumkin. Biz xabarlaringiz qanday boshqarilishini tushunishingiz va oʻzingizga toʻgʻri qarorlar qabul qilishingiz uchun kerakli tanlovlarga ega ekaningizga ishonch hosil qilishni xohlaymiz.

Erkin gapiring

WhatsApp chaqiruvlar xizmati tanishlar va oilangiz bilan ular hattoki boshqa mamlakatda bo‘lsa ham, maxfiy suhbatlashish imkonini beradi.

Sizga hamroh xabarlar

Boshidan oxirigacha shifrlangan xabarlar yetkazilganidan keyin WhatsApp serverlarida emas, qurilmangizda saqlanadi.


Oʻzingizga nigoh

WhatsApp siz amalga oshiradigan chaqiruvlar va yuboradigan xabarlar boshidan oxirigacha shifrlanishi yoki shifrlanmasligini tekshirish imkonini beradi. Shunchaki, bevosita chatdagi yoki kontakt axboroti yoxud kompaniya axborotidagi koʻrsatkichga qarang.

Tafsilotlarni oling

Open Whisper Systems bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan WhatsAppning boshidan oxirigacha shifrlash tizimi batafsil texnik tafsilotlari bilan tanishing.

Muntazam xavfsizlik yangilanishlari uchun Xavfsizlikka oid maslahatlar bilan tanishing.

1 2021-yilda.

WHATSAPP

Xususiyatlari

Xavfsizlik

Yuklab olish

WhatsApp Web

Biznes

Maxfiylik

KOMPANIYA

Biz haqimizda

Ish o‘rinlari

Brend Markazi

Kontaktlar

Blog

WhatsApp bilan muvaffaqiyat tarixlari

YUKLAB OLISH

Mac/ShK

Android

iPhone

YORDAM

Yordam markazi

Twitter

Facebook

Koronavirus

2022 © WhatsApp LLC

Maxfiylik va shartlar