Ilk kundan boshlab biz WhatsApp ilovasini do‘stlar bilan muloqot qilish, tabiiy ofatlar davomida muhim ma’lumotlarni ulashish, ajralgan oilalar bilan qayta aloqa o‘rnatish yoki yaxshiroq hayotni izlashga yordam berish uchun yaratdik. Eng shaxsiy lahzalaringizning ba’zilari WhatsApp orqali ulashiladi. Shuning uchun ilovamizga boshidan oxirigacha shifrlashni qo‘shdik. Boshidan oxirigacha shifrlanganida xabarlar, suratlar, videolar, ovozli xabarlar, hujjatlar va chaqiruvlaringiz begona qo‘llar ixtiyoriga tushib qolishdan himoyalanadi.
WhatsApp Messenger orqali boshqa shaxsga xabar yozganingizda WhatsApp kompaniyasining boshidan oxirigacha shifrlash funksiyasidan foydalaniladi. WhatsApp ilovasining boshidan oxirigacha shifrlash funksiyasi nima yuborilganligini faqat siz va siz muloqot qilayotgan inson o‘qiy yoki tinglay olishlaringizni hamda boshqa hech kim, hatto WhatsApp ham ularni oʻqiy yoki tinglay olmasligini ta’minlaydi. Chunki boshidan oxirigacha shifrlash bilan xabarlaringiz qulf bilan himoyalangan bo‘ladi va ularni qulfdan ochish va o‘qish uchun faqat qabul qiluvchi va sizda maxsus kalit bo‘ladi. Bularning barchasi avtomatik ravishda yuz beradi: sozlamalarda yoqish yoki maxsus maxfiy chatlar o‘rnatishning hojati yo‘q.
Har bir WhatsApp xabari qurilmangizni tark etishidan avval xabarlarni himoyalaydigan bir xil Signal shifrlash protokoli tomonidan himoyalanadi. WhatsApp biznes hisobiga xabar yozganingizda xabarlaringiz kompaniya tanlagan manzilga xavfsiz yetkaziladi.
WhatsApp kompaniyasi WhatsApp Business ilovasidan foydalanadigan yoki mijozlarning xabarlarini o‘zlari boshqaradigan va saqlaydigan kompaniyalar bilan suhbatlar boshidan oxirigacha shifrlanishini taʼminlaydi. Xabar qabul qilingach, u kompaniyaning oʻz maxfiylik amaliyotlari bilan tartibga solinadi. Kompaniyalar xabarlarni qayta ishlash va ularga javob berish uchun bir nechta xodimlari yoki hatto boshqa vositachilarni ham jalb qilishi mumkin.
Ayrim kompaniyalar1 xabarlarni xavfsiz saqlash va mijozlarga javob berish uchun WhatsApp bosh kompaniyasi – Facebook kompaniyasini tanlashi mumkin. Kompaniyaning maxfiylik siyosati tafsilotlari uchun ushbu kompaniyaga murojaat qilishingiz mumkin.
Muayyan mamlakatlarda ishlaydigan WhatsApp ilovasidagi toʻlovlar moliyaviy institutlarda hisoblar oʻrtasida oʻtkazmalarni amalga oshirish imkonini beradi. Karta va bank raqamlari shifrlangan holatda hamda yuqori darajada himoyalangan tarmoqda saqlanadi. Lekin, moliyaviy institutlar ushbu toʻlovlarga aloqador axborotlarni olmasdan oʻtkazmalarni qayta ishlay olmaydi, ushbu toʻlovlar boshidan oxirigacha shifrlanmaydi.
WhatsApp xabarlaringiz bilan yuz berayotganini bilishingizni xohlaydi. Agar shaxs yoki kompaniyadan xabarlar olishni xohlamasangiz, har doim uni chatdan bloklashingiz yoki uni kontaktlaringiz roʻyxatidan oʻchirib tashlashingiz mumkin. Biz xabarlaringiz qanday boshqarilishini tushunishingizga va oʻzingizga toʻgʻri qaror qabul qilishingiz uchun kerakli variantlarga ega ekanligingizga ishonch hosil qilishni xohlaymiz.
WhatsApp ilovasining Open Whisper Systems bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan boshidan oxirigacha shifrlashining chuqurroq texnik tavsifi bilan tanishib chiqing.
Muntazam xavfsizlik yangilanishlari uchun Xavfsizlik boʻyicha maʼlumotlar markazlari bilan tanishing.
1 2021-yilda.