Bizning missiyamiz – oddiy va maxfiy mahsulot ishlab chiqqan holda dunyoni maxfiy ravishda bogʻlashdir. Doʻst yoki oilangizga shaxsiy xabar yuborishingizdan yoki kompaniya bilan xabar almashishingizdan qatʼi nazar muloqotlaringiz xavfsiz boʻladi va nazorat ostida boʻlasiz.
Boshidan oxirigacha shifrlangan chatlardagi suhbatlar oltin rangli xabar bilan aniq qilib yozib qoʻyiladi, ushbu xabar va chaqiruvlar siz va suhbatdoshingiz orasida qoladi hamda uning kontentini hech kim, hatto WhatsApp ham oʻqiy yoki tinglay olmaydi.
Xabarlaringiz sizga tegishli. Shuning uchun, xabarlaringiz qurilmangizda saqlanadi va biz ularni reklama beruvchilarga ulashmaymiz.
WhatsApp maxfiylik va xavfsizligingizni oson tushunish va sozlash imkonini beradi.
WhatsApp asosli qarorlar qabul qilish va muloqotingizni xavfsiz va himoyalangan holda saqlashingiz uchun bir qator vosita, funksiya va resurslarni taklif qiladi.
Quyidagilarni bilib oling:
Biz qanday axborotlar maxfiy qolishi va qanday axborotlarni toʻplashimiz hamda bosh kompaniyamiz – Facebookʼga ulashishimiz haqida aniq tushunishni xohlaymiz. Biz ulashadigan axborotlar bizga eng yaxshi foydalanuvchi taassurotini taqdim etish va xavfsizlikni yaxshilashda yordam beradi. Eng aktual va aniq axborot uchun maxfiylik siyosatimiz bilan tanishing.