Maxfiyligingiz biz uchun ustuvor vazifa. Maxfiy xabar yozing.
Bizning missiyamiz – oddiy va maxfiy mahsulot ishlab chiqqan holda dunyoni maxfiy ravishda bogʻlashdir. Tanish yoki oilangizga shaxsiy xabar yuborishingizdan yoki kompaniya bilan xabar almashishingizdan qatʼi nazar, muloqotlaringiz xavfsiz boʻladi va nazorat ostida boʻlasiz.
Maxfiyligingiz avtomatlashtirilgan
Boshidan oxirigacha shifrlash
Boshidan oxirigacha shifrlangan chatlardagi suhbatlar oltin rangli xabar bilan aniq qilib yozib qoʻyiladi; ushbu xabar va chaqiruvlar siz va suhbatdoshingiz orasida qoladi hamda uning kontentini hech kim, hatto WhatsApp ham oʻqiy yoki tinglay olmaydi.
Xabarlar qurilmangizda saqlanadi
Xabarlaringiz sizga tegishli. Shu sababli, xabarlaringiz qurilmangizda saqlanadi va biz ularni reklama beruvchilarga ulashmaymiz.
Maxfiyligingizni siz nazorat qilasiz
WhatsApp maxfiylik va xavfsizligingizni oson tushunish va sozlash imkonini beradi.
Bir marta koʻrish
Bir marta koʻrilganidan keyin oʻchib ketadigan surat va videolar yuboring.
WhatsApp ilovangizni qulflang
Oxirgi faollik
WhatsApp ilovasini oxirgi marta ochganingizni faqat kontaktlaringiz, barcha koʻra olishini yoki hech kim koʻra olmasligini tanlang.
Profil rasmi maxfiyligi
Profil rasmingizni faqat kontaktlar, barcha koʻra olishi yoki hech kim koʻra olmasligini tanlang.
Xavfsizligingizni taʼminlashga ahd qilganmiz
WhatsApp asosli qarorlar qabul qilish va muloqotingizni xavfsiz va himoyalangan holda saqlashingiz uchun bir qator vosita, funksiya va resurslarni taklif qiladi.
Quyidagilarni qanday bajarishni bilib oling:
Maʼlumotlar shaffofligi
Biz qanday axborotlar maxfiy qolishi va qanday axborotlarni olishimiz hamda bosh kompaniyamiz – Meta kompaniyasiga ulashishimiz haqida aniq axborot berishni xohlaymiz. Biz ulashadigan axborotlar bizga foydalanuvchilarimizga eng yaxshi taassurotini taqdim etish va xavfsizlikni oshirishimizda yordam beradi. Eng yangi va aniq axborotlar uchun maxfiylik siyosatimiz bilan tanishing.