Matnlar

Oddiy, ishonchli

Do‘stlaringiz va oilangiz bilan bepul* suhbatlashing. WhatsApp xabarlarni yuborish uchun Internet ulanishlaridan foydalanadi, shunday ekan, SMS uchun haq to‘lashingizga to‘g‘ri kelmaydi.
* Ma’lumotlarni almashish uchun qo‘shimcha haq olinishi mumkin. Batafsil ma’lumot uchun operatoringiz bilan bog‘laning.

Guruh chati

Guruhlar bilan aloqada qoling

Eng e’tiborga ega bo‘lgan odamlar guruhi bilan, masalan, oilangiz va hamkasblaringiz bilan aloqada qoling. Guruh chatlari bilan siz xabarlar, rasmlar va videolarni 256 kishigacha ulashishingiz mumkin. Siz yana guruhingizni nomlashingiz, bildirishnomalarni o‘chirib qo‘yishingiz yoki alohida bildirishnomalarni sozlashingiz mumkin va hokazo.
Do‘stlar
Oila
Dam olish kuni

Web va kompyuterlar uchun WhatsApp

Muloqotni davom ettiring

WhatsApp bilan web va kompyuter bilan barcha chatlaringizni kompyuter bilan sinxronlashingiz mumkin. Shunday ekan, siz o‘zingizga qulay xohlagan qurilmada muloqot qilishingiz mumkin. Boshlash uchun komyuterlar uchun ilovani yuklab oling yoki web.whatsapp.comga tashrif buyuring.

WhatsApp ovozli qo‘ng‘iroq va videoqo‘ng‘iroqlari

Erkin suhbatlashing

Ovozli qo‘ng‘iroqlar bilan siz do‘stlaringiz va oilangiz bilan, hatto ular bosh mamlakatda bo‘lsalar ham, bepul* muloqot qilishingiz mumkin. Va bepul* videoqo‘ng‘iroqlar bilan ovoz va matn yetarli bo‘lmaganda yuzma-yuz suhbatlashishingiz mumkin. WhatsApp ovozli va video qo‘ng‘iroqlari mobil operatoringizning ovozli daqiqalari o‘rniga telefoningizning Internet ulanishlaridan foydalanadi. Shunday ekan, qimmat qo‘ng‘iroq xarajatlari haqida qayg‘urishingizga to‘g‘ri kelmaydi.
* Ma’lumotlarni almashish uchun qo‘shimcha haq olinishi mumkin. Batafsil ma’lumot uchun operatoringiz bilan bog‘laning.

Boshidan oxirigacha shifrlash

Standart bo‘yicha xavfsizlik

Eng shaxsiy lahzalaringizning ba’zilari WhatsApp orqali ulashiladi, shuning uchun ilovamizning so‘nggi versiyasiga boshidan oxirigacha shifrlashni qo‘shdik. Boshidan oxirigacha shifrlanganda xabarlaringiz va qo‘ng‘iroqlaringiz himoyalanadi, shunday ekan, faqat siz va siz suhbatlashayotgan shaxs ularni o‘qiy yoki tinglay olasizlar va o‘rtada hech kim, hatto WhatsApp ham ularni ko‘rolmaydi.

Rasmlar va videolar

Yorqin lahzalarni ulashing

WhatsApp’da rasm va videolarini zudlik bilan yuboring. Siz hatto siz uchun eng qadrli onlarni ichki kameradan foydalangan holda muhrlashingiz mumkin. Hatto internet ulanishlaringiz sekin bo‘lsa ham, WhatsApp bilan rasm va videolar tez yuboriladi.

Ovozli xabarlar

O‘ylaganingizni ayting

Ba’zan ovozingiz barchasini aytadi. Bitta bosish bilan Ovozli xabar yozishingiz mumkin: tezkor salom va uzunroq yangilik uchun ayni muddao.

Hujjatlar

Hujjatlarni erkin almashing

PDF-fayllar, hujjatlar, elektron jadvallar, slaydshoular va hokazolarni e-pochta yoki fayl ulashish ilovalari yordamisiz yuboring. Siz 100 MBgacha bo‘lgan fayllarni yuborishingiz mumkin. Shunday ekan, kimga nimani yuborishni xohlasangiz, oson yuborishingiz mumkin.