Tanishlaringiz va oila aʼzolaringiz bilan bepul xabarlashing*. WhatsApp xabarlarni yuborish uchun telefoningizdagi Internet aloqasidan foydalanadi, shuning uchun SMS kabi haq olinmaydi.
Siz uchun muhim odamlar, oila aʼzolaringiz yoki hamkasblaringiz bilan aloqada qolish uchun guruhlar yarating. Guruh chatlarida bir vaqtning oʻzida 256 tagacha ishtirokchi bilan xabarlar, rasmlar va videolar almashishingiz mumkin. Guruhingizni nomlash, bildirishnomalarni sukut qilish yoki moslashtirish va boshqa amallarni bajarishingiz mumkin.
Veb va kompyuter uchun WhatsApp ilovalari yordamida chatlaringizni kompyuteringizga sinxronlab, istalgan vaqtda va istalgan qurilmada suhbatni davom ettirishingiz mumkin. Desktop ilovani yuklab oling yoki web.whatsapp.com saytiga kiring.
Tanishlaringiz va oila aʼzolaringiz boshqa mamlakatda boʻlsa ham, ovozli chaqiruvlar yordamida ular bilan bepul* gaplashishingiz mumkin. Agar ovozli suhbat yoki matnli xabarlar kamlik qilsa, bepul* video chaqiruvlar yordamida ular bilan yuzma-yuz muloqot qilishingiz mumkin. WhatsApp ovozli va video chaqiruvlari uchun uyali aloqangiz tarifidagi daqiqalar emas, telefoningizdagi Internet aloqasi ishlatiladi, shuning uchun ortiqcha xarajat haqida qaygʻurmaysiz.
Siz WhatsApp orqali ayrim shaxsiy lahzalaringizni ham ulashishingiz mumkin, shuning uchun biz ilovamizning eng oxirgi versiyasida boshidan oxirigacha shifrlash texnologiyasini joriy qildik. Boshidan oxirigacha shifrlanganda, xabarlar va chaqiruvlaringiz himoyalanadi, natijada ularni faqat siz va siz muloqot qilayotgan inson o‘qiy yoki tinglay oladi, boshqa hech kim, hatto WhatsApp ham ularni oʻqiy yoki tinglay olmaydi.
Rasm va videolarni WhatsApp orqali bir zumda yuboring. Shuningdek, eng muhim lahzalarni ilova ichidagi kamera yordamida ham tasvirga tushirishingiz mumkin. Hatto, internet aloqangiz sekin boʻlsa ham, rasm va videolar WhatsApp orqali tezda yuboriladi.
Baʼzan, hammasini ogʻzaki aytish qulayroq. Birgina harakat bilan ovozli xabar yozishingiz mumkin, masalan, shunchaki salom deyish yoki uzunroq hikoyani aytib berish.
PDF fayllar, hujjatlar, jadvallar, slayd-shoular va boshqalarni email yoki boshqa fayl ulashish ilovalarini ishlatmasdan, osongina yuboring. Hajmi 100 MB gacha hujjatlarni istalgan odamga yuboring.