Matnlar
Oddiy, ishonchli
Do‘stlaringiz va oilangiz bilan bepul* suhbatlashing. WhatsApp xabarlarni yuborish uchun Internet ulanishlaridan foydalanadi, shunday ekan, SMS uchun haq to‘lashingizga to‘g‘ri kelmaydi.
Guruh chati
Guruhlar bilan aloqada qoling
Eng e’tiborga ega bo‘lgan odamlar guruhi bilan, masalan, oilangiz va hamkasblaringiz bilan aloqada qoling. Guruh chatlari bilan siz xabarlar, rasmlar va videolarni 256 kishigacha ulashishingiz mumkin. Siz yana guruhingizni nomlashingiz, bildirishnomalarni o‘chirib qo‘yishingiz yoki alohida bildirishnomalarni sozlashingiz mumkin va hokazo.
Web va kompyuterlar uchun WhatsApp
Muloqotni davom ettiring
WhatsAppdan brauzerda yoki kompyuter uchun versiyalarida foydalanib, barcha chatlaringizni kompyuter bilan sinxronlashingiz mumkin. Shunday ekan, siz o‘zingizga qulay xohlagan qurilmada muloqot qilishingiz mumkin. Boshlash uchun komyuterlar uchun ilovani yuklab oling yoki web.whatsapp.com manziliga tashrif buyuring.
WhatsApp ovozli qo‘ng‘iroq va videoqo‘ng‘iroqlari
Erkin suhbatlashing
Ovozli qo‘ng‘iroqlar bilan siz do‘stlaringiz va oilangiz bilan, hatto ular bosh mamlakatda bo‘lsalar ham, bepul* muloqot qilishingiz mumkin. Va bepul* videoqo‘ng‘iroqlar bilan ovoz va matn yetarli bo‘lmaganda yuzma-yuz suhbatlashishingiz mumkin. WhatsApp ovozli va video qo‘ng‘iroqlari mobil operatoringizning ovozli daqiqalari o‘rniga telefoningizning Internet ulanishlaridan foydalanadi. Shunday ekan, qimmat qo‘ng‘iroq xarajatlari haqida qayg‘urishingizga to‘g‘ri kelmaydi.
Boshidan oxirigacha shifrlash
Standart bo‘yicha xavfsizlik
Eng shaxsiy lahzalaringizning ba’zilari WhatsApp orqali ulashiladi, shuning uchun ilovamizning so‘nggi versiyasiga boshidan oxirigacha shifrlashni qo‘shdik. Boshidan oxirigacha shifrlanganda xabarlaringiz va qo‘ng‘iroqlaringiz himoyalanadi, shunday ekan, faqat siz va siz suhbatlashayotgan shaxs ularni o‘qiy yoki tinglay olasizlar va o‘rtada hech kim, hatto WhatsApp ham ularni ko‘rolmaydi.
Rasmlar va videolar
Yorqin lahzalarni ulashing
WhatsApp’da rasm va videolarini zudlik bilan yuboring. Siz hatto siz uchun eng qadrli onlarni ichki kameradan foydalangan holda muhrlashingiz mumkin. Hatto internet ulanishlaringiz sekin bo‘lsa ham, WhatsApp bilan rasm va videolar tez yuboriladi.
Ovozli xabarlar
O‘ylaganingizni ayting
Ba’zan ovozingiz barchasini aytadi. Bitta bosish bilan Ovozli xabar yozishingiz mumkin: tezkor salom va uzunroq yangilik uchun ayni muddao.
Hujjatlar
Hujjatlarni erkin almashing
PDF-fayllar, hujjatlar, elektron jadvallar, slaydshoular va hokazolarni email yoki fayl ulashish ilovalari yordamisiz yuboring. Siz 100 MBgacha bo‘lgan fayllarni yuborishingiz mumkin. Shunday ekan, kimga nimani yuborishni xohlasangiz, oson yuborishingiz mumkin.