Tashlab ketish va kontentga oʻtish
  • Bosh sahifa
    • Maxfiy xabar yozingAloqada qolingGuruhlarga ulanishOʻzingizni ifoda etingBiznes uchun WhatsApp
  • Maxfiylik
  • Yordam markazi
  • Blog
  • Biznes uchun
  • Yuklab olish
Yuklab olish
Shartlar va maxfiylik siyosati2025 © WhatsApp LLC
WhatsApp bosh sahifasiWhatsApp bosh sahifasi
    • Maxfiy xabar yozing

      Boshidan oxirigacha shifrlash va maxfiylik nazorati.

    • Aloqada qoling

      Dunyo boʻylab bepul* xabar yozing va chaqiruv qiling.

    • Guruhlarga ulanish

      Guruh xabarlashuvi osonlashdi.

    • Oʻzingizni ifoda eting

      Soʻzlaringizni stiker, ovoz, GIF va boshqa narsalar bilan ifoda eting.

    • WhatsApp Business

      Istalgan joydagi mijozlaringiz bilan bogʻlaning.

  • Maxfiylik
  • Yordam markazi
  • Blog
  • Biznes uchun
  • Ilovalar
KirishYuklab olish

WhatsApp Messenger ilovasida ishlashni qanday boshlash mumkin

WhatsApp ilovasini yuklab oling va sozlang

1. Yuklab oling va ilovani ishga tushiring: WhatsApp Messenger ilovasini Google Play Store yoki Apple App Store orqali bepul yuklab oling. Ilovani ochish uchun bosh ekrandagi WhatsApp belgisini bosing.

2. Xizmat shartlari bilan tanishuv: Xizmat shartlari bilan tanishib chiqing, keyin shartlarni qabul qilish uchun Rozilik berish va davom etish tugmasini bosing.

3. Registratsiya: Mamlakatingiz kodini kiritish uchun pastga ochiladigan roʻyxatdan xalqaro telefon raqami formatini tanlang. Tayyor yoki Keyingisi tugmasini bosing, keyin SMS yoki telefon orqali 6 xonali registratsiya kodini olish uchun Ok tugmasini bosing. Registratsiyani yakunlash uchun 6 xonali kodingizni kiriting. Android, iPhone yoki KaiOS tizimida telefon raqamini qanday registratsiya qilish haqida bilib oling.

4. Profilni sozlash: Yangi profilingizda ismingizni kiriting va Keyingisi tugmasini bosing. Profil rasmini kiritishingiz ham mumkin.

5. Kontakt va suratlarga kirish uchun ruxsat berish: Telefoningizdagi kontaktlarni WhatsAppga qoʻshish mumkin. Telefoningizdagi surat, video va fayllardan foydalanishga ruxsat berishingiz ham mumkin.

6. Chatni boshlash: yoki tugmasini bosing, keyin boshlash uchun kontaktni qidiring. Matn maydonchasiga xabarni kiriting. Surat va videolarni yuborish uchun matn maydonchasi yonidagi yoki tugmasini bosing. Yangi surat va video olish uchun Kamera tugmasini, telefoningizdagi mavjud surat va videoni tanlash uchun Galereya yoki Surat va videolar kutubxonasi tugmasini bosing. Keyin yoki tugmasini bosing.

7. Guruh yaratish: 256 nafar ishtirokchigacha guruh ochishingiz mumkin. yoki tugmasini, keyin Yangi guruh bandini bosing. Guruhga kiritish uchun kontaktlarni kiriting yoki tanlang, keyin Keyingisi tugmasini bosing. Guruh nomini kiriting va yoki Yaratish tugmasini bosing.

Turli muloqot usullaridan foydalanishingiz mumkin

  • Ovozli xabarlar: Xat yozishni istamasangiz, ovozli yozuv yuboring. Audio xabarni yozish uchun yoki tugmasini bosing va ushlab turing. Yozishni yakunlash uchun mikrofonni qoʻyib yuboring. Android, iPhone yoki KaiOS tizimida ovozli xabarlarni qanday yuborish va ijro etishni bilib oling.
  • Ovozli chaqiruvlar: Chaqiruvlar bandiga kirib, keyin yoki tugmasini bosing. Chaqiruvni amalga oshirish uchun kontaktni qidiring. Ovozli chaqiruvni boshlash uchun yoki tugmasini bosing. Android yoki iPhone qurilmalarida ovozli chaqiruvni qanday amalga oshirish haqida bilib oling.
  • Video chaqiruvlar: Chaqiruvlar bandiga kirib, keyin yoki tugmasini bosing. Chaqiruvni amalga oshirish uchun kontaktni toping. Video chaqiruvni boshlash uchun yoki tugmasini bosing. Android yoki iPhone qurilmalarida video chaqiruvni qanday amalga oshirish haqida bilib oling.

Xavfsizlik maslahatlari va foydali funksiyalar

Maxfiylik va xavfsizlik funksiyalarini sozlash
WhatsApp sizning maxfiyligingiz va xavfsizligingizni tushunishni osonlashtiradi. Maxfiylik sahifamizda batafsil.

Olingan axborotlarni tekshirish
Siz olgan xabarlar haqiqat yoki xatoligi haqida fikr qiling, chunki siz eshitgan hamma narsa ham aniq boʻlavermaydi. Agar siz olgan xabarni kim yuborganini bilmasangiz, ishonchli faktlarni tekshiruvchi tashkilotlar orqali axborotni qayta tekshirib olishni taklif etamiz. Xato axborot tarqalishining oldini olish haqida batafsil bu maqoladan bilib oling.

Uzatilgan xabarlar
Xato axborot tarqalishining oldini olish uchun xabarlarni uzatishni cheklashimiz mumkin. Uzatilgan xabarlarni osongina aniqlashingiz mumkin, chunki ular Uzatilgan degan yorliq bilan ajratiladi. Xabar bir foydalanuvchidan boshqa foydalanuvchiga bir necha marta uzatilganda, u ikki strelka belgisi bilan ajratiladi . Uzatish cheklovlari haqida bu maqolada tanishishingiz mumkin.

Yuklab olish
WhatsApp bosh logotipi
WhatsApp bosh logotipi
Yuklab olish
Biz nima bilan shugʻullanamiz
FunksiyalarBlogXavfsizlikBiznes uchun
Biz kimmiz
Biz haqimizdaVakansiyaBrendlar markaziMaxfiylik
WhatsApp ishlatish
AndroidiPhoneMac/kompyuterWhatsApp Web
Yordam kerakmi?
Biz bilan aloqaYordam markaziYuklab olishXavfsizlik yuzasidan maslahatlar
Yuklab olish

2025 © WhatsApp LLC

Shartlar va Maxfiylik siyosati
Sayt xaritasi