WhatsApp Business – bu bepul yuklab olinadigan va kichik biznes egalari uchun ishlab chiqilgan ilovadir. Bu ilova mijozlaringiz bilan shaxsan aloqa oʻrnatish, mahsulot va xizmatlaringizni taqdim qilish hamda ularning savollariga ularning xarid tajribasidan kelib chiqib javob berish imkonini beradi. Mahsulot va xizmatlaringizni namoyish qilish uchun katalog yarating hamda xabarlarni avtomatlashtirish, saralash va tezda javob berish uchun maxsus vositalardan foydalaning.
WhatsApp, shuningdek, oʻrta va yirik bizneslarga ham oʻzlarining mijozlarga yordam xizmatini tashkil etish hamda mijozlariga muhim xabarnomalarni yuborishda yordam beradi. WhatsApp Business API haqida batafsil.
Mijozlaringiz uchun foydali axborotlar, masalan, manzilingiz, biznesingiz tavsifi, email manzilingiz va veb-saytingiz kiritilgan biznes profil yarating.
Tezkor javoblar funksiyasi siz tez-tez ishlatadigan xabarlarni saqlab olish va ularni qayta-qayta ishlatish hamda ommabop savollarga osongina va tezda javob berish imkonini beradi.
Kontaktlar yoki chatlarga maxsus yorliqlar berib, ularni kerak vaqtda osongina topib oling.
Aloqada emasligingizda mijozlaringizga sizdan qachon javob kutishini bildirish uchun tayyor javoblarni tuzib oling. Shuningdek, mijozlaringizga biznesingizni tanishtirish uchun salomlashuv xabarini ham yaratishingiz mumkin.