WhatsApp haqida

Bizning ilova

Do‘stlari va oilasi bilan har doim va istalgan joyda muloqot qilish uchun1 180 dan ortiq mamlakatda 1 milliarddan ortiq kishi WhatsApp’dan foydalanadi. WhatsApp bepul2 va butun dunyodagi mobil telefonlar uchun mavjud bo‘lgan oddiy, xavfsiz, ishonchli xabar almashish va qo‘ng‘iroq qilishni taklif qiladi.

1 Ha, WhatsApp nomi - "What's Up" iborasidan olingan so‘z o‘yini.

2 Ma’lumotlardan foydalanganlik uchun haq olinishi mumkin.

Bizning missiya

WhatsApp dastlab SMS muqobili sifatida ishga tushirilgan. Bizning mahsulot endilikda har xil turdagi mediani yuborish va qabul qilishni qo‘llab-quvvatlaydi: matnlar, rasmlar, videolar, hujjatlar va joylashuv, shuningdek, ovozli qo‘ng‘iroqlarni ham. Bizning xabarlarimiz va qo‘ng‘iroqlarimiz boshidan oxirigacha shifrlash bilan himoyalangan, bu shuni anglatadiki, na WhatsApp, na uchinchi tomonlar ularni o‘qiy yoki tinglay olmaydilar. Har bir mahsulotimiz bilan bog‘liq qaror ortida odamlarga dunyoning istalgan nuqtasida to‘siqlarsiz muloqot qilish imkonini yaratish xohishimiz yotadi.

Bizning jamoa

WhatsApp avval 20 yil Yahoo’da ishlagan Yan Kum va Brayan Ekton tomonidan tashkil qilingan. WhatsApp Facebook’ga 2014-yilda qo‘shildi, lekin dunyoning istalgan nuqtasida tez va ishonchli ishlaydigan xabar almashish xizmatini yaratishga bor e’tiborini qaratgan holda alohida ilova sifatida ishini davom ettirmoqda.