Oddiy. Maxfiy.
Ishonchli.

WhatsApp bilan siz tez, oddiy, xavfsiz xabar almashish va qo‘ng‘iroq qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz*, dunyodagi barcha telefonlar uchun mavjud.
Yuklab olish
* Ma’lumotlarni almashish uchun qo‘shimcha haq olinishi mumkin. Batafsil ma’lumot uchun operatoringiz bilan bog‘laning.

WhatsApp ovozli qo‘ng‘iroq va videoqo‘ng‘iroqlari

Erkin suhbatlashing

Ovozli qo‘ng‘iroqlar bilan siz do‘stlaringiz va oilangiz bilan, hatto ular boshqa mamlakatda bo‘lsalar ham, bepul* muloqot qilishingiz mumkin. Va bepul* videoqo‘ng‘iroqlar bilan ovoz va matn yetarli bo‘lmaganda yuzma-yuz suhbatlashishingiz mumkin. WhatsApp ovozli va video qo‘ng‘iroqlari mobil operatoringizning ovozli daqiqalari o‘rniga telefoningizning Internet ulanishlaridan foydalanadi. Shunday ekan, qimmat qo‘ng‘iroq xarajatlari haqida qayg‘urishingizga to‘g‘ri kelmaydi.

Boshidan oxirigacha shifrlash

Standart bo‘yicha xavfsizlik

Eng shaxsiy lahzalaringizning ba’zilari WhatsApp orqali ulashiladi, shuning uchun ilovamizning so‘nggi versiyasiga boshidan oxirigacha shifrlashni qo‘shdik. Boshidan oxirigacha shifrlanganda xabarlaringiz va qo‘ng‘iroqlaringiz himoyalanadi, shunday ekan, faqat siz va siz suhbatlashayotgan shaxs ularni o‘qiy yoki tinglay olasizlar va o‘rtada hech kim, hatto WhatsApp ham ularni ko‘rolmaydi.
Xususiyatlar bilan tanishing