WhatsApp xavfsizligi

Maxfiylik va xavfsizlik bizning DNKmizda

Ilk kundan boshlab biz WhatsApp’ni do‘stlar bilan muloqot qilish, tabiiy ofatlar davomida muhim ma’lumotlarni ulashish, ajralgan oilalar bilan qayta aloqa o‘rnatish yoki yaxshiroq hayotni izlashga yordam berish uchun yaratdik. Eng shaxsiy lahzalaringizning ba’zilari WhatsApp orqali ulashiladi. Shuning uchun ilovamizning so‘nggi versiyalariga to‘liq shifrlashni qo‘shdik. To‘liq shifrlanganda xabarlar, fotosuratlar, videolar, ovozli xabarlar, hujjatlar va qo‘ng‘iroqlaringiz begona qo‘llar ixtiyoriga tushib qolishdan himoyalanadi.

Standart bo‘yicha xavfsizlik

WhatsApp’ning to‘liq shifrlashi ilovamizning so‘nggi versiyasidan foydalangan holda xabar yuborsangiz yoki odamlar sizga xabar yuborganda ishlaydi. Ko‘pchilik xabarlashish ilovalari faqat siz va ular o‘rtasidagi xabarlarni shifrlaydi, lekin WhatsApp’ning to‘liq shifrlashi nima yuborilganligini faqat siz va siz muloqot qilayotgan inson o‘qiy olishlaringizni ta’minlaydi. Chunki xabarlaringiz qulf bilan himoyalangan bo‘ladi va ularni qulfdan ochish va o‘qish uchun faqat qabul qiluvchi va sizga maxsus kalit zarur bo‘ladi. Qo‘shimcha himoya sifatida siz yuborgan har bir xabarning o‘z takrorlanmas qulfi va kaliti bo‘ladi. Bularning barchasi avtomatik sodir bo‘ladi: sozlamalarda yoqish yoki maxsus maxfiy chatlar o‘rnatishning hojati yo‘q.

Erkin suhbatlashing

WhatsApp qo‘ng‘iroq do‘stlaringiz va oilangiz bilan ular hattoki boshqa mamlakatda bo‘lsalar ham, suhbatlashish imkonini beradi. Xuddi xabarlaringiz kabi WhatsApp qo‘ng‘iroqlar ham to‘liq shifrlanadi, shunday ekan, WhatsApp va uchinchi tomonlar ularni tinglay olishmaydi.

Siz bilan qoladigan xabarlar

Xabarlaringiz qo‘lingizda bo‘lishi lozim. Shuning uchun WhatsApp xabarlaringizni bizning serverlarimizga yuklamaydi. To‘liq shifrlash WhatsApp va uchinchi tomonlar har qanday holatda ham ularni o‘qiy olmasliklarini anglatadi.

O‘zingiz uchun ko‘ring

WhatsApp amalga oshiradigan qo‘ng‘iroqlaringiz va yuboradigan xabarlaringiz to‘liq shifrlanishi yoki shifrlanmasligini tekshirish imkonini beradi. Shunchaki kontakt ma’lumoti yoki guruh ma’lumotidagi ko‘rsatkichga qarang.

Batafsil ma’lumot oling

WhatsApp’ning Open Whisper Systems bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan to‘liq shifrlashining chuqurroq texnik tavsifini o‘qib chiqing.